• Nomi: Fond bozori: Boshlang‘ich kurs
• Muallif: Ko‘rsatilmagan (Reuters ekspertlari jamoasi)
• Janri: Moliyaviy savodxonlik, investitsiya, fond bozori
• Yosh chegarasi: 16+
• Muqova: Yumshoq
• Sahifalar soni:274
“Fond bozori: Boshlang‘ich kurs” kitobi investorlik faoliyatini endi boshlayotganlar uchun mo‘ljallangan. Unda bozorda amal qiluvchi asosiy qoidalar, aksiyalar va obligatsiyalarni tanlash tamoyillari, risklarni boshqarish va kapitalni samarali joylashtirish usullari batafsil tushuntirilgan. Qo‘llanma real misollar bilan boyitilgan bo‘lib, o‘quvchiga moliyaviy terminlarni tez o‘zlashtirish va birinchi investitsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda yordam beradi. Reuters ekspertlari jamoasi tomonidan tayyorlangan ushbu qo‘llanma nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham foydalidir.

