KK-911 — elektr energiyasi vaqtincha o‘chib qolganda, uyda, garajda, dala hovlida, omborda yoki sayohat vaqtida foydalanish uchun mo‘ljallangan ko‘p funksiyali LED fonar.
Fonar ichki akkumulyator yordamida ishlaydi va USB/Type-C orqali qayta quvvatlanadi. Yorqinlik darajasini foydalanuvchining ehtiyojiga qarab oshirish yoki kamaytirish mumkin.
Fonar 3 xil yorug‘lik rangida ishlash imkonini beradi. Kerakli rejimni vaziyatga qarab tanlash mumkin — kundalik yoritish, dam olish yoki elektr o‘chgan paytdagi favqulodda yoritish uchun mos.
Yorug‘likni faqat yoqish/o‘chirish bilan cheklanib qolmaydi. Yorqinlik darajasini pasaytirish yoki kuchaytirish mumkin.
Bu xususiyat akkumulyatorni tejashga ham yordam beradi.
Yuqori yorqinlikda fonar 12 soatgacha ishlashi mumkin.
Yorug‘lik past darajada ishlatilganda esa foydalanish sharoitiga qarab 24–48 soatgacha ishlash imkoniyati mavjud.
Shuning uchun fonar kuz-qish mavsumida elektr energiyasi tez-tez o‘chadigan paytlarda uzoq muddat foydalanish uchun ayniqsa qulay.
Fonar korpusida raqamli displey mavjud.
Displey orqali:
kuzatish mumkin.
Shunday qilib, fonarni qachon quvvatlash kerakligini oldindan bilish oson.
Fonar orqa qismida 2 ta magnit mavjud.
Agar o‘rnatiladigan yuza temirdan yoki boshqa magnit tortadigan metalldan bo‘lsa, fonarni magnit yordamida mahkamlash mumkin.
Masalan:
Komplekt tarkibidagi metall ilgich fonarni metall bo‘lmagan joylarda ham osib ishlatish imkonini beradi.
Masalan, shiftga, quvurga, konstruksiyaga yoki boshqa mos joyga ilgich yordamida o‘rnatish mumkin.
Shu sababli fonarni oddiy stol chirog‘i sifatida emas, balki osma chiroq, garaj fonari, camping chirog‘i va favqulodda yoritish vositasi sifatida ham ishlatish mumkin.
🔹 Uyda
🔹 Dala hovlida
🔹 Garajda
🔹 Omborda
🔹 Podvalda
🔹 Ustaxonada
🔹 Avtomobilda
🔹 Sayohatda
🔹 Tabiatda
🔹 Baliq ovlashda
🔹 Kempingda
🔹 Elektr energiyasi o‘chganida
🔹 Ta'mirlash ishlarida
KK-911 — bir nechta o‘rnatish usuli, sozlanadigan yorqinlik, 3 xil yorug‘lik, displey va uzoq ishlash imkoniyatini birlashtirgan amaliy akkumulyatorli LED fonar.

