Flora Lace pastel to‘plami yotoqxonaga nafis va yorug‘ ko‘rinish bag‘ishlaydi. Matoda mayda gulli naqshlar joylashgan bo‘lib, bezak sifatida nozik gulsimon vishivka qo‘llangan. Pododeyalnik va ikkita navolochkaning chetlari ajur krujeva bilan bezatilgani modelga yanada chiroyli va hashamatli ko‘rinish beradi.
To‘plam 100% poliester tolasidan tayyorlangan. Mato yumshoq, havo o‘tkazuvchan, shaklini yaxshi saqlaydi va tez quriydi. Kundalik foydalanish uchun qulay bo‘lib, 30°C haroratda kir yuvish mashinasida yuvish mumkin.
Komplekt tarkibi:
• Pododeyalnik — 200×230 sm
• Choyshab — 230×250 sm
• Navolochka — 50×70 sm (2 dona)
Material: 100% poliester.

