Marketingning otasi deb tan olingan dunyoga mashhur mutaxassis Filip Kotlerning ushbu kitobi millionlab menejerlar va marketing bo‘yicha mutaxassislar stolining ajralmas qismiga aylandi. Unda zamonaviy sharoitda kompaniyalar muvaffaqiyati uchun zarur bo‘lgan 80 ta samarali marketing konsepsiyasi juda qisqa va lo‘nda bayon etilgan. Ushbu kitobda nafaqat vaqt sinovidan o‘tgan klassik marketing usullari, balki so‘nggi yillarda qo‘llanilgan innovatsion ishlanmalar bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar ham taqdim etilgan. Kitob barcha darajadagi marketing menejerlari, biznesmenlar, shuningdek, talabalar uchun mo‘ljallangan.

