Xalqimizda "Ko‘zlar insonning qalb oynasidir" degan naql bor. Biz bunga qo‘shimcha qilib aytamizki, nafaqat ko‘zlar, balki insoning yuzi, yurishi tana tuzilishi, o‘zini tutishi va xarakteri u haqida ko‘pgina ma’lumotni berishi mumkin. Fiziognomikani o‘rganganlar uchun bu ma’lumotlar ochiq turgan kitob misolidek. Uni o‘qiy olsangiz bas. Bu kitob sizga inson xususiyatining yashirin qirralarini burun, qoshlar va boshqa a’zolar tuzilishiga qarab aniqlash imkonini beradi. Fiziognomika psixologiya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, inson ruhiyatini o‘rganishda muhim omil hisoblanadi.
So‘z bilan hamma narsani kerakli ravishda ifodalab bo‘lmaydi. "So‘zlamaydigan" tilning sirlarini bilish, bu sohada savodli bo‘lish ko‘pchilik uchun kasb taqozosidir. "Imo-ishoralar tili" kitobi qiziqarli uslubda bayon qilingan, shubhasiz har birimiz uchun foydalidir.

