"Xalqimizda "Ko‘z — ko‘ngil oynasi" degan naql bor. Biz uni shu bilan to‘ldiramizki, nafaqat ko‘zlar, balki insonning yuzi, uning yurishi, tana tuzilishi, o‘zini tutish tarzi ham u haqida ko‘p ma’lumot berishi mumkin. Fiziognomikani o‘rganuvchilar uchun bu ma’lumotlar ochiq kitobdek gap. Uni o‘qishning o‘zi kifoya. Bu kitob sizga odamning burni, qoshlari va boshqa a’zolarining tuzilishiga qarab, uning fe’l-atvoridagi yashirin qirralarni aniqlash imkonini beradi. Fiziognomika psixologiya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, inson ruhiyatini o‘rganishda muhim omil hisoblanadi.
Kerakli hamma narsani so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi. "Soqov" til sirlarini bilish bu sohada savodli bo‘lishni istagan har bir kishi uchun davr talabidir. "Imo-ishora tili" qiziqarli uslubda yozilgan bo‘lib, har birimiz uchun foydali bo‘lishi shubhasiz.

