Ushbu qo‘llanma fizika fanidan nazariy bilimlarni amaliy topshiriqlar orqali mustahkamlash va masalalarni mustaqil yechish ko‘nikmasini shakllantirishga yordam beradi. Masalalar ustida muntazam ishlash orqali o‘quvchi fizik qonun va formulalarni amalda qo‘llash, masala shartini tahlil qilish, kerakli formulalarni tanlash va yechimni izchil bajarishni o‘rganadi.
Kitob maktab o‘quvchilari, abituriyentlar va fizika fanidan tayyorgarlik ko‘rayotganlar uchun foydali. Ayniqsa, milliy sertifikat va kirish imtihonlariga tayyorgarlik jarayonida qo‘shimcha amaliy manba sifatida foydalanish mumkin. Shuningdek, o‘qituvchilar undan darslarda, uyga vazifalar va mustaqil mashg‘ulotlar uchun qo‘shimcha material sifatida foydalanishlari mumkin.

