• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2026 yil.
• Tuzuvchi: Yoldoshev Bekzod, Xorozov Davronbek
• Sahifalar soni: 224
• Muqova: yumshoq
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Fizika fanini o‘rganishni endigina boshlagan abituriyentlar uchun bu soha ko‘pincha murakkab va tushunarsiz tuyuladi. Aslida esa fizika — tabiat qonunlarini o‘rganishga, fikrlashni rivojlantirishga va mantiqiy tahlil qilishga o‘rgatadigan eng qiziqarli fanlardan biridir.
So‘nggi yillarda oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan o‘quvchilar orasida fizika fanidan qiyinchiliklarga duch kelayotganlar ko‘p uchramoqda. Buning sababi, mavjud test to‘plamlarining murakkabligi hamda ularni yechish uchun yuqori darajadagi matematik bilim zarurligidir. Natijada, fizika faniga endigina qadam qo‘ygan o‘quvchilar uchun bu fanni o‘zlashtirishi qiyinlashib, qiziqishi pasayib bormoqda.
Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida “FIZIKA NOLDAN” testlar to‘plami yaratildi. Ushbu to‘plam fizika fanini noldan boshlab o‘rganayotgan abituriyentlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sizga bu fan asoslarini bosqichma-bosqich, sodda va tushunarli tarzda o‘zlashtirishga yordam beradi.

