Ushbu kitob fizika fanini qiziquvchan kitobxonlar uchun uning ajoyib va sirli olamiga eltuvchi eshiklarni ochishga xizmat qiladi. Fizikani faqat maktabda o‘rgangan bo‘lsangiz ham, ilm-fanga havaskor sifatida qiziqsangiz ham, bu asar siz uchun qiziqarli bo‘ladi.
Taniqli publitsist va nazariy fanlarni ommalashtiruvchi Aleksandr Nikonov XXI asrning eng muhim faniga oid fundamental masalalar haqida sodda va maroqli tarzda hikoya qiladi. Mariya Sklodovskaya-Kyurining hayratlanarli kashfiyotlaridan tortib, nisbiylik nazariyasi va kvant fizikasigacha bo‘lgan ko‘plab ilmiy yutuqlar bilan tanishtiradi.
Matn tushuntiruvchi sxemalar va illyustratsiyalar bilan boyitilgan.

