Ko'p funksiyali slayder trenajyori uy sharoitida professional darajada mashq qilishni istovchilar uchun ishlab chiqilgan zamonaviy fitnes qurilmasidir. Sirpanadigan platformalar mushaklarga tabiiy yuklama berib, qorin, qo'l, yelka, ko'krak, bel, son va oyoq mushaklarini kompleks rivojlantirishga yordam beradi.
To'plamdagi rezina tortgichlar mashqlar sonini yanada kengaytiradi va qo'l hamda yelka mushaklarini samarali ishlatish imkonini beradi. Yumshoq tizza gilamchasi mashqlar davomida qulaylik yaratadi va tizzalarni himoya qiladi.
Mustahkam metall relslar, sirpanishga chidamli platformalar va buklanadigan konstruktsiya xavfsiz foydalanish hamda qulay saqlashni ta'minlaydi. Qurilma yangi boshlovchilar hamda tajribali sportchilar uchun mos keladi.

