Biznes faqat tadbirkorni boy qiladimi? Davlat va jamiyat farovonligida uning o'rni qanchalik muhim? Keyin paytda o'zbek tilida ham tadbirkorlik va biznes haqidagi kitoblar, motivatsiya berish ko'zlangan biznes-treninglar ancha ko'paydi. Lekin ular ko'proq umumiy-nazariy bilim berish bilan cheklanadi. Firuz Allayev "Tadbirkor" nomli kitobida mavzuni sodda tilda, taniqli tadbirkorlar hayotidan olingan va o'z tajribasida duch kelgan amaliy misollar yordamida tushuntirib bergan.

