Samarali darsning siri nimada?
Ta’lim faqat bilim berish emas. Bola maktabda o‘zini qanday his qilishi, darsga qanchalik qiziqishi va mustaqil fikrlashni o‘rganishi ham natijaga bevosita ta’sir qiladi.
“Finlyandiya ta’lim mo‘jizasi” dunyoda ko‘p e’tirof etilgan Finlyandiya ta’lim tajribasini oddiy va amaliy usullar orqali tushuntiradi. Kitobda samarali dars tashkil etish, o‘quvchining qiziqishini saqlab qolish, sinfda sog‘lom muhit yaratish va bolalarda mustaqillikni rivojlantirishga qaratilgan 33 ta amaliy yondashuv jamlangan.
Bu kitob murakkab ta’lim nazariyalari haqida emas. Undagi ko‘plab g‘oyalarni o‘qituvchi ertangi darsidanoq sinab ko‘rishi mumkin.
O‘qituvchilar, maktab rahbarlari, pedagoglar va farzandining ta’limiga befarq bo‘lmagan ota-onalar uchun foydali qo‘llanma.
Yumshoq muqova
240 bet
Booktopia nashriyoti

