Nima uchun aynan Finlyandiya taʼlim tizimi barchaning eʼtiborida?
✅ Koʻpchilik Finlyandiya taʼlim tizimini maqtaydi, deyarli hamma bu mamlakat taʼlimini ogʻzidan bol tomib gapiradi. Hoʻsh, bu mamlakat aynan nimasi bilan taʼlimda yetakchi oʻrinda?
📈 Finlyandiyada 1970-yilda paydo boʻlgan 9 yillik maktablar 2001-yilgacha jamoatchilikning ayovsiz tanqidiga duchor boʻlgan. Ammo, 2001-yil dekabridan soʻng taʼlimdagi bu islohotlar toʻgʻri ekanligi maʼlum boʻldi.
🎯 Mutaxassislar fikricha, fin bolalarining boshqa mamlakatlardagi aksar tengdoshlariga nisbatan yaxshiroq oʻqishlari uchun asosiy 5 ta omil mavjud ekan. Ulardan 4 tasi bevosita maktab va uning javobgarlik chegarasi bilan bogʻliq boʻlib, beshinchisi maktab hovlisidan tashqaridadir.
📌Birinchidan, Finlyandiyada oʻquvchi 7 yoshdan boshlab qiziqishiga qarab maxsus fanlarga yoʻnaltirilgan oʻrta maktabda tahsil oladi. Shuningdek, finlarda maktablar qayerda joylashganligi, kimni oʻqitayotganidan qatʼiy nazar, ularning bari yaxshi taʼlim olishi kerak degan amaliyot mavjud.
📌Ikkinchidan, u mamlakat taʼlim tizimiga malakali oʻqituvchilar kerakligini erta anglab yetdi. Ular 1980-yildayoq oʻqituvchilar yetishtirib beradigan oliygohlarda tubdan islohot oʻtkazdilar. Ular oʻqituvchilar nufuzini koʻtarishni eng asosiy masala sifatida koʻrishdi.
📌Uchinchidan, barcha maktablarda bolalarning sogʻligi va farovonligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan mexanizimni ishga tushirdilar. Buning uchun fin maktablarining ixtiyoriga yirik miqdorda mablagʻ va shtat birliklari berildi.
📌Toʻrtinchidan, finlar taʼlim tizimining oʻrta boʻgʻinida ishlovchi rahbarlar ham pedagoglar boʻlishi kerak deb hisoblashdi. Yaʼni, direktor oʻzi ishlayotgan maktabda dars berish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim edi.
📌Beshinchidan, finlar oʻquv jarayonining oʻziga hosligiga oʻquvchining maktabdan tashqaridagi hayoti ham kuchli taʼsir etishini unutishmadi.

