«Финансист» - Teodor Drayzerning mashhur “Trilogiya jelaniya”ning birinchi qismi bo‘lib, asar asosiga Chikagodagi jamoat transporti tizimini rivojlantirishda hamda London metropoliteni barpo etilishida muhim rol o‘ynagan amerikalik millioner Charlz Yerkesning hayotiy yo‘li olingan.
Asarning bosh qahramoni - Frenk Kaupervud kichik bank xizmatchisi oilasida tug‘iladi, biroq o‘zining noodatiy aql-zakovati, temir irodasi va mislsiz qat’iyati tufayli ulkan boylik orttiradi. U hashamat va katta pullar olamiga kirib boradi, yirik moliyaviy operatsiyalar girdobiga tushadi, o‘z davrining eng nufuzli ishbilarmonlari orasida bo‘ladi. Bora-bora shuhratparast yigit prinsiplarni tan olmaydigan, hokimiyatparast va boylikka chanqoq millionerga aylanadi.
Bu - Amerika orzusining mujassam timsoli bo‘lgan hayot. Ammo bu orzu uchun juda qimmat to‘lashga to‘g‘ri keladi. Va nafaqat pul bilan…

