“Moliyachi” — Teodor Drayzerning mashhur “Istak trilogiyasi” asarining birinchi kitobi bo‘lib, uning syujeti amerikalik temiryo‘l magnati Charlz Yerkes biografiyasiga asoslangan. Asarning bosh qahramoni Frenk Kaupervud atigi bir necha kun ichida boyib ketadi. Bunda uning ajoyib sezgi (intuitsiya)si katta rol o‘ynaydi.
Dastlab u kichik provinsial shaharchadan chiqqan oddiy yigit sifatida tasvirlanadi. Ammo asta-sekin Drayzer Frenkning atrof-muhiti qanday qilib unda tadbirkor va birja o‘yinchisi psixologiyasini shakllantirganini ko‘rsatadi. U hashamat va katta pul olamiga kirib boradi, yirik moliyaviy operatsiyalar markazida bo‘ladi va o‘z davrining eng nufuzli ishbilarmonlari davrasida yuradi.
Vaqt o‘tishi bilan shuhratparast yigit prinsiplariga sodiq bo‘lmagan, hokimiyatga intiluvchi va boylik orttirishga chanqoq millionerga aylanadi.
Xususiyatlari:

