O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish UzPost orqali amalga oshiriladi.
Buyurtma sizga yaqin pochta bo‘limiga yetkazilgach, o‘simlikni u yerdan mustaqil ravishda olib ketishingiz kerak bo‘ladi.
🌿 Fikus Benjamina — uy va ofis uchun nafis tirik o‘simlik!
Nozik shoxlari va ko‘plab mayda, yam-yashil barglari bilan ajralib turadigan chiroyli manzarali o‘simlik. Uning sershox, ko‘rkam toji har qanday interyerga tabiiy go‘zallik va o‘ziga xos fayz bag‘ishlaydi.
✨ Tuvakdagi tirik o‘simlik
🏡 Uy, kvartira, ofis va ish xonalari uchun
🌱 Zamonaviy interyerga mos nafis bezak
💚 Xonalarni ko‘kalamzorlashtirish va shinam muhit yaratish uchun ajoyib tanlov.

