«Feruza» — Sinan Akyuzning ayol taqdiri haqidagi psixologik romani. Shomga kelgan Feruza Vassim ismli yigitni sevib qoladi, ammo yangi hayotida muhabbat bilan birga oilaviy bosim va madaniy farqlarga ham duch keladi.
Asarda onalik, sog‘inch, munosabatlardagi zo‘ravonlik va hayotiy tanlovlar yoritiladi. Qahramonning ichki kechinmalari orqali oila va inson qadr-qimmati haqida mulohaza qilishga undaydigan asar.

