Ferr-S siropi kattalar va bolalarda anemiyaning oldini olish va davolash uchun samarali vositadir.
Ferr-S siropi tarkibiga quyidagilar kiradi:
• Temir - gemoglobin tarkibiga kiradi. Bu temir kislorodni ushlab turish uchun javobgardir, shundan so'ng qizil qon tanachalari uni tananing barcha a'zolari va tizimlariga olib boradi.
• Askorbin kislota - temirning ichakda so'rilishini ta'minlaydi. Temirning transport shakli - transferrin hosil bo'lishida ishtirok etadi.
• Atirgul ekstrakti - vitamin va minerallarning qo'shimcha manbai.
Qo'llash usullari va dozalari:
Preparat og'iz orqali qabul qilinadi.
4 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga kuniga 2 marta bir choy qoshiq (5 ml) buyuriladi.
12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar kuniga 2 marta bitta shirin qoshiq (10 ml) buyuriladi. Qabul qilish kursi 1-2 oy.
Import qilingan komponentlardan ISO sifat standartiga muvofiq ishlab chiqariladi.

