Mushugingizning qiziquvchanligi uning tabiatiga xos! FELIX® brendi esa uni qondirishning yana bir ajoyib usulini topdi. Sizga FELIX® Ikki karra lazzat quruq mushuk ozuqasini taqdim etamiz — bu ozuqa mushugingizning barcha oziqlanish ehtiyojlarini to‘liq qondiradi.
Bitta qadoqda ikki xil tuzilmaning ajoyib uyg‘unligi: qarsildoq donachalar yumshoq va mayin bo‘lakchalar bilan aralashtirilgan bo‘lib, mushugingiz qarshilik qila olmaydigan betakror ta’mni yaratadi! Keng assortiment tufayli mushugingiz go‘sht yoki baliq ta’mlarining xilma-xilligidan hamda jozibali hididan bahramand bo‘ladi.
FELIX® Ikki karra lazzat — mazali taomni qadrlaydigan topqir mushuklar uchun FELIX® brendi ostida yaratilgan ilk quruq mushuk ozuqasidir.
• Sun’iy bo‘yoqlar va konservantlar saqlamaydi.
• Qarsildoq donachalar yumshoq va mayin bo‘lakchalar bilan uyg‘unlashtirilgan.
• 100% muvozanatli va to‘liq kunlik ratsion.
• Tarkibida A, D, E vitaminlari hamda taurin mavjud.
FELIX® maslahati: Mushugingizning kundalik ratsionida quruq va nam ozuqani birgalikda berib ko‘rganmisiz? Sinab ko‘ring! Endi FELIX® ham quruq, ham nam ozuqa ko‘rinishida mavjud.

