Rus va jahon adabiyotiga katta taʼsir ko‘rsatgan adib Fyodor Dostoyevskiy to‘laqonli badiiy obrazlarda nafaqat voqealar oqimi va insonlar taqdirini, balki jamiyat maʼnaviy hayotidagi fojiaviy konfliktlarni ham bera olgan nodir isteʼdod sohibidir. O‘zining roman va qissalarida fikrlarning keskin kurashini, g‘oya va dunyoqarashning to‘qnashuvini mahorat bilan tasvirlagan. Uning asarlari vazmin tasvir uslubi emas, akcincha, sof dramatik janrlarga xos keskinligi bilan ajralib turadi.
Ushbu kitobga kiritilgan dastlabki ikki asarda adib insonning ruhiy holatini haqqoniy tasvirlaydiki, shunga ko‘ra muallifni RUHIYAT RASSOMI deb atasak, hech mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Kitob so‘ngida berilgan maktublarda esa yozuvchining ijod laboratoriyasidan bevosita boxabar bo‘lish mumkin!
ISBN : 9789910836633
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 192
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2025
Nashriyot : Trust and Support
Yozuv : Lotincha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq
Muallif : Фёдор Достоевский

