«Faust» — buyuk nemis shoiri Iogann Volfgang Gyotening jahon adabiyotining durdonalaridan sanaladigan mashhur tragediyasidir. Asarda yaxshilik va yovuzlik, iqror va inkor kabi ikki mangulik qarama-qarshi kuchning kurashi tasvirlanadi. Faust — hayot oshig‘i, taraqqiyot jangchisi va adolat jarchisi, Mefistofel esa hayot va taraqqiyotga qarshi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Voqealar ushbu ikki qahramonning murakkab taqdiri va harakatlari orqali rivojlanadi.

