«FATH» — IYMON VA HAVO O‘RTASIDAGI JANG
U Qur’onni to‘liq yod bilardi. Ammo yillar o‘tib, undan Qur’on haqida so‘rashganda, javobi hammani hayratga soldi...
Salbchilar bilan kechgan tarixiy to‘qnashuvlar, qal’alar, taqdirlar va inson qalbidagi eng og‘ir kurashlar...
U Qur’onni qalbiga jo qilgan edi. Oyatlar uning hayoti, xotirasi va ruhining bir qismiga aylangandi. Ammo bir uchrashuv, bir tanlov uni butunlay boshqa yo‘lga boshladi.
Yillar o‘tdi. Undan so‘rashganda, shunday javob berdi:
«Qur’on qalbimdan butunlay sug‘urib olindi. Faqat bitta oyat qoldi...»
Nega u unutdi? Qalbida qolgan yagona oyat qaysi edi? Uning taqdiri qanday yakun topdi?
«Fath» — shunchaki tarixiy voqealar haqidagi roman emas. Bu — iymon va havo, muhabbat va sadoqat, insonning tanlovi va qalbi haqidagi ta’sirli qissa.
Qal’alarni fath etish oson. Ammo inson o‘z qalbini fath eta oladimi?

