Tarbiya insonning insoniyligini taʼminlaydigan qadimiy va abadiy qadriyatdir. Yuksak qadriyatlar tarbiya orqali avloddan avlodga o‘tadi. Shu nuqtai nazardan farzand tarbiyasi muhim jarayon hisoblanadi.
«Farzand tarbiyasida 700 saboq» deb nomlangan ushbu kitob tarjima asar bo‘lib, tarjima jarayonida muallifning uslubi va voqealar rivoji to‘la saqlandi. Baʼzi o‘rinlarda xalqimizning milliy anʼanalari va urf-odatlariga moslashtirildi. Shuningdek, kitobda tavsiya etilgan saboqlarning barchasi bevosita tajribalarga asoslanadi. Mazkur kitob ota-onalarga farzand tarbiyasida go‘zal bir qo‘llanma bo‘ladi degan umiddamiz.

