Kitob bolalar tarbiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, birinchi navbatda ota-onalarga mo‘ljallangan. Unda tarbiya jarayonida yuzaga keladigan turli masalalar ko‘rib chiqiladi va hayotiy tajribaga asoslangan amaliy tavsiyalar beriladi. Muallif ota-onalarga bolalarda to‘g‘ri axloqiy va xulq-atvor sifatlarini shakllantirish uchun foydali yo‘l-yo‘riqlar berishga intiladi.
Nashr "Farzand tarbiyasida 700 saboq" kitobining tarjimasidan iborat. Tarjimada muallif uslubi va bayon jarayoni saqlab qolingan, ayrim o‘rinlar o‘zbek jamiyatining milliy an’analari va urf-odatlariga moslashtirilgan.

