Тарбия – insonning insoniyligini ta’minlovchi qadimiy va azaliy qadriyatdir. Yuqori qadriyatlar ta'lim orqali avloddan-avlodga o'tadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, farzand tarbiyasi muhim jarayondir. “Farzand tarbiyasida 700 saboq” deb nomlangan ushbu kitob tarjima bo‘lib, tarjima jarayonida muallif uslubi va hikoya chizig‘i to‘liq saqlanib qolgan. Ayrim joylarda xalqimizning milliy urf-odat va an’analariga moslashtirilgan. Bundan tashqari, kitobda tavsiya etilgan barcha darslar bevosita tajribaga asoslangan. Umid qilamizki, bu kitob ota-onalar uchun farzand tarbiyasida ajoyib qo‘llanma bo‘ladi.

