Tarbiya insonning insoniyligini ta’minlovchi qadimiy va abadiy qadriyatdir. Yuksak qadriyatlar ta’lim orqali avloddan avlodga o‘tadi. Shu nuqtayi nazardan bola tarbiyasi muhim jarayondir. "Bola tarbiyasidan 700 saboq" deb nomlangan ushbu kitob tarjima bo‘lib, muallifning uslubi va syujet chizig‘i tarjima jarayonida to‘liq saqlab qolingan. Ba’zi joylarda xalqimizning milliy urf-odatlari va an’analariga moslashtirilgan. Bundan tashqari, kitobda tavsiya etilgan barcha darslar shaxsiy tajribaga asoslangan. Umid qilamizki, ushbu kitob ota-onalar uchun farzand tarbiyasida ajoyib qo‘llanma bo‘ladi.

