(https://telegra.ph/file/c0a66d940f05237d7f434.jpg)Farzandni bir-ikki shapaloq urgan ona bolasining yig‘laganini ko‘rib “Nega yig‘laysan? Og‘ritganim yo‘q-ku, vahima qilma!” - desa bu so‘z psixologik jihatdan juda oddiy ota-onalik mantig‘ining belgisidir.
Sababi, bu paytda bolaning yig‘lashi jonining og‘riganidan emas, og‘riqning ruhda ifodalanishidandir. Xatto bola yig‘layotganda ota-ona uni jim qilishga urinsa, endi bola eshitmaslikni boshlaydi. Bu holatni quyidagi misol bilan yana ham aniqroq ifodalashimiz mumkin:
Bir janob ayoli bilan tortishib unga tarsaki tushirdi deylik. Bu holatda ayol o‘tirib yig‘lashi mumkin. Ayoli yig‘larkan eri kelib: “Yomon urmadim-ku, vahima qilma, yig‘lama”, desa qanchalik achinarli gap aytgan bo‘ladi, to‘g‘rimi?
Shunday ekan ota yoki ona ham farzandini urganida uning ko‘zlaridan oqayotgan yoshlarni shunchaki joni og‘riganidan deb hisoblashi achinarlidir.
📚 "Shaxsiyat va xarakter rivojlanishida farzand tarbiyalash siri"
© Muallif: Adem Gunesh

