«Farqini top! O‘zbekiston» — bolalar uchun qiziqarli va rivojlantiruvchi o‘yin. Ushbu topshiriq orqali bola rasmlarni diqqat bilan kuzatib, ular orasidagi farqlarni topadi. O‘yin davomida diqqat, kuzatuvchanlik va konsentratsiya rivojlanadi.
Rasmlarda O‘zbekistonning go‘zal manzaralari, sharqona me’morchilik, milliy naqshlar, bozorlardagi rang-barang mahsulotlar, meva va boshqa milliy elementlar tasvirlangan.
Xususiyatlari:
«Farqini top! O‘zbekiston» bolaga bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazish, diqqatini jamlash va kuzatuvchanligini rivojlantirishga yordam beradi. Uyda, sayohatda yoki oilaviy hordiq paytida foydalanish uchun qulay.

