Faridun O‘zdemirning "Hamma narsa o‘tkinchi" kitobi hayotning vaqtinchalik tabiati, qiyinchiliklar tajriba berishi, Allohga tayanish esa ruhiy xotirjamlik keltirishi haqidagi diniy-ma’rifiy asardir.
Har bir tashvish o‘tkinchidir, bugun dilni ranjitgan narsa ertaga yengillik keltiradi. Qiyinchiliklar hayot maktabining saboqlaridir, yurishni o‘rganish uchun necha marta yiqilganingizni eslang: har bir zarba yuqoriga ko‘tarilish pog‘onasiga aylanadi. Sinovlar - saboqlar, to‘g‘ri xulosalar chiqaring va yo‘lni davom ettiring. Dunyo o‘tkinchidir, inson umri ham – hamma narsa keladi va ketadi, faqat buyuk Alloh abadiy.
Og‘riqlar abadiy emas, ular yangi bahorlar va muborak yomg‘irlar oldidagi momaqaldiroq kabidir.
Allohga tavakkal qilsangiz, qo‘rquv va og‘riqlar ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Kitob shukronalik, sabr-toqat va ijobiy qarashga o‘rgatadi, nafs tarbiyasi va ma’naviy rivojlanishga yo‘naltiradi. "Bio-factor press" nashriyoti tomonidan chop etilgan ushbu kitob o‘zbek kitobxonlariga hayotiy motivatsiya va ma’naviy madad beradi.

