SHUUR
Bo‘ron ham go‘zal,
To‘fon ham...
Ollohning ne ishi go‘zal emas.
Ushbu so‘zlar muallifi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Farida Afro‘zning yangicha format va ayricha dizaynda "Ijod Nashr" nashriyotida tayyorlangan, Istanbuldagi "Mega Basim" bosmaxonasida 10 000 nusxada bosilgan “Shuur” kitobi o‘z o‘quvchilarini kutyapti. U o‘ziga xos lirik kompozitsiya, tugal mazmunga ega uch misrali kichik she’rlardan iborat. Shoira kechinmalari, xayollari, fikrlarini 143 tasbehga joylab o‘quvchiga yangi shaklda taqdim etdi.
Muhabbat eski tuyg‘u, ammo har bir qalb uni yangilaydi deydilar!
Yangilik sevuvchilar! Dunyo o‘zgardi, didlar ham, kitoblar ham. Biz yaratgan ushbu kitob sizning yangiliksevar yuragingizga mos tushishidan umidvormiz. O‘qing, yangilaning!

