Ushbu kitobda Falastinning sunggi 75 yillik murakkab va ziddiyatli davri u yerda yashovchi oddiy insonlarning tilidan hikoya qilinadi. Flastinlik oddiy inson - G'azoda, Quddusda, G'arbiy sohilda, Isroilda yoki qochqinlikda umr kechiradimi: istalgan joyida yashash, sayohatga chiqish, ibodat qilish, ta’lim olish, davolanish, hatto oilasidan tortib olingan uyini qurish huquqidan ham mahrum etilgan. Uning kuni dronlar sasini eshitishdan boshlanadi va ushbu kunni u: hibs, qiynoq, haqorat, uyining vayron qilinishi, o'zi va oilasining o'ldirilishi yoki surgun qilinishi bilan tugashi mumkin.

