EZVIZ CS H90 Dual — ikkita 4 MP obyektivga ega zamonaviy IP videokuzatuv kamerasi. Ikki linza yordamida keng hududni nazorat qilish mumkin. Kamera odamlar va transport vositalarini aqlli aniqlash, harakatni avtomatik kuzatish, ikki tomonlama audio aloqa va 512 GB gacha microSD karta orqali yozib olish funksiyalarini qoʻllab quvvatlaydi. Maksimal video sifati 2K+ 2560×1440. Rangli tungi koʻrish va infraqizil tungi koʻrish mavjud. Uy, kvartira, doʻkon, ofis va boshqa obyektlar uchun mos.

