• Muallif: XADICHA KUBRO IPAK
• Nomi: «EY KO‘NGIL, PUSHAYMONMISAN?»
• Nashriyot: “Misbah” nashriyoti,
• Sana: 2023 yil
• Hajmi: 176 bet
• ISBN: 978-9943-9145-6-8
• O‘lchami: 13.5x21.0 sm
• Muqovasi: yumshoq
• Alifbosi: kirill
• Tili: o‘zbek
Ichimdagi alanga meni har lahza yeb bitirmoqda, yondirib kul qilmoqda. Qilgan xatom tufayli vijdonimni qamrab olgan dard adoi tamom qilmoqda. Ichim yonyapti. Jonim azoblanyapti. Shunday yonyaptiki, tanam go‘yo tiriklayin qiyma-qiyma qilinayotgandek. O‘zimga o‘zim shunday deyman: “Qanday qilib ortga qaytib hammasini to‘g‘rilay olaman? Bu behuda sa’y-harakatlarimning hisob-kitobini qanday qilaman? Xo‘sh, Allohning huzuriga qanday, qay yuz bilan boraman?O‘lim eshik qoqqanda bandalik haqimni qanday ado qilaman? Tushuna olmayapman, qanday qilib bunday xatoga qo‘l urdim? Qanday qilib bunchalik ko‘r bo‘ldim? Qanday qilib tafakkur qila olmaydigan, fikr yurita lmay digan holga keldim...
Shunchalik pushaymonmanki! Allohim! Albatta, biz, ojiz bandalar vaqtni ortga qaytara olmaymiz...
Lekin bu xatoni umuman qilmagandek yashashning imkoni bormi? Menga bir yo‘l ko‘rsat...
Bu vijdon azobidan qanday qutulishim mumkin? Bunday xatoga yana bir karra yo‘l qo‘ymaslik niyatida tavba qilishga yuzim chidamaydi...
To‘g‘risi, o‘zim sabab hech qanday umidim ham qolmadi. Shu bois bu olovni qanday so‘ndirishni ham bilmayman. Bu barchasini qanday qilib ortga qaytaraman,
buni ham bilmayman. Umrim va olgan har nafasimni faqat shu taxlit savollar bilan o‘tkazyapman:
“Aytsang-chi, ey ko‘ngil, pushaymonmisan?”
Mundarija
Muallif haqida
Ey ko‘ngil, pushaymonmisan?
“Go‘zal tafakkur qila olgan, o‘ylay olgan kishi go‘zaldir”
Ali Qushchining asarlari
Foydalanilgan adabiyotlar

