Ma’lumki, Imom Abu Homid G‘azzoliyning “Ey farzand” nomli risolasi avval ham nashr qilingan edi. Tez orada u o‘quvchilar qo‘liga yetib borib, ularga manzur bo‘ldi. Bu kitobchaning odamlar orasida juda tez tarqalganligi, kishilar o‘z farzandlarining kamoli uchun qanchalik qayg‘urayotganidan dalolatdir.
Ana shunday quvonarli holatni ko‘rib, bu xayrli ishni davom ettirish maqsadida “Ey farzand”ni qayta, ikkinchi nashrga tayyorlashni niyat qildik.
“Ey farzand” yana kitobxonlar qo‘lida. Hidoyat va tavfiq Allohdandir. Farzandlarimizning to‘g‘ri yo‘lda ulg‘ayib, barkamol inson bo‘lib yetishishlarini Yaratganning O‘zidan so‘rab qolamiz.

