Transcend ESD310C 1TB portativ external SSD zamonaviy yuqori tezlik va maksimal qulaylikni birlashtirgan ixcham saqlash qurilmasidir. USB 3.2 Gen 2 interfeysi orqali 10Gb/s gacha tezlikda ishlaydi va 1050 MB/s gacha o‘qish tezligini ta’minlaydi.
Ushbu modelning eng katta afzalligi — ikki tomonlama USB-C va USB-A ulanishi bo‘lib, uni noutbuk, ПК, telefon va boshqa qurilmalarda muammosiz ishlatish mumkin. Juda kichik dizayni uni oddiy fleshka kabi olib yurishga imkon beradi, lekin tezligi oddiy USB fleshkalardan bir necha barobar yuqori.
Alyuminiy korpus qurilmani mustahkam qiladi va issiqlikni samarali chiqaradi, bu esa uzoq vaqt ishlaganda ham barqarorlikni ta’minlaydi. 3D NAND texnologiyasi esa ma’lumotlarni ishonchli saqlashga yordam beradi.
Video montaj, katta fayllar bilan ishlash, backup va professional ishlar uchun juda qulay yechim hisoblanadi.

