Frans Kafka asarlari G'arbda nihoyatda mashhur. Yozuvchi asarlari asosida ko‘plab kinofilmlar yaratilib, spektakllar sahnalashtirilgan. Qator mamlakatlarda Frans Kafka jamiyatlari faoliyat olib boradi, uning nomida bir nechta adabiy mukofotlar taʼsis etilgan. Pragada Frans Kafka muzeyi ham faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur kitobda Frans Kafkaning o‘zbek tiliga tarjima qilingan hikoyalari jamlandi va nashrga tayyorlandi. Kafkani o'qing! Kafkani o'qib ko'ring!Bir umr o'qing!Qayta-qayta o'qing!..Zero,u kabi ijodkorlar hamisha,hamma vaqt inson va zamon yuziga ko'zgu tutib turadilarki,gohi-gohida hayot quvonchlari-yu tashvishlaridan andak bosh ko'tarib,oynadagi aksimizga ko'z tashlab olsak,chakki bo'lmasdi... Ulug'bek Hamdam.

