Ko'p yillar davomida Natalya Radko o'zini jurnalistikaga bag'ishladi. Mamlakatning turli taniqli nashriyotlari va yetakchi telekanallari bilan hamkorlik qildi. Biroq keyinchalik o'z hayotini adabiyotga bag'ishlashni istayotganini tushunib yetdi. U Yevgeniya Mixaylova taxallusi ostida bir qator o'tkir syujetli asarlarni nashr etdi, ular orasida xususiy detektiv Sergey Kolsov faoliyatiga bag'ishlangan turkum alohida o'rin tutadi. "Vsmotrivayas v propast" (Tubsizlikka tikilib) kitobida kitobxonlar yana o'zlarining sevimli qahramonlari bilan uchrashadilar va iste'dodli izquvurning yangi tergovlari haqida bilib oladilar.
Irina bolaligidanoq qish va muzdan qo'rqardi. Bir vaqtlar daxshatli tuzoqdan qochib, yirtilgan tungi ko'ylakda muzlagan yo'l bo'ylab yugurgan edi. Kuchli va daxshatli og'riq portlashi uning qochishini to'xtatdi — Ira ikkala to'pig'ini ham sindirib olgandi. Ammo asrab olgan ota-onalarining uylarida unga qilgan ishlari oldida bu jarohat hech narsa emas edi. Odamlar uni shunchaki kelishgan bo'lgani uchun yetimxonadan asrab olishgandi. O'shandan beri Ira xotirasidan qora epizodlarni o'chirib tashlashni o'rgandi. Biroq yo'ldagi muz baribir uning ko'nglini behuzur qilar edi.
Aleksey uni do'kondan og'ir paketlar bilan qaytayotganda muvozanatni yo'qotib, yiqilib tushganida qutqarib qoldi. Ira qachondir shaxsiy hayotini yo'lga qo'ya olaman deb o'ylamagandi. Ayniqsa, oilali erkak bilan. Ammo ularning suhbati ayol uchun go'yo toza havo qultumidek bo'ldi. Keyinchalik esa Irining ostonasida Alekseyning rafiqasi Alyona paydo bo'ldi. U erini shu yerda deb o'ylagandi, ammo erkak g'oyib bo'lgan edi. Endi esa detektiv Kolsov ushbu sirni fosh qilishi kerak.
Yumshoq muqova
Qog'oz rangi: eko
Sahifalar soni: 178
Kitobni yo'qotib qo'ymaslik uchun savatchaga qo'shing 📚
Kitob rus tilida
Bonusga xatcho'p (zakladka)
To'liq tavsifni o'qib chiqing 😊

