Margaritaning birinchi jiddiy munosabatlari rivojlana olmadi. Nikoh juda shoshilinch va qisqa bo‘ldi. Undan qolgan birdan-bir yaxshi narsa – kichkina qizi Tanya bo‘lib, Rita uni jonidan ortiq ko‘radi. Ammo ikkinchi nikoh to‘g‘ri qarorga o‘xshaydi. Anatoliy - ziyoli, kollej direktori, qirq besh yoshli hurmatli erkak. Kichkina qizi bor yosh qiz uchun eng maqbul tanlov. Rita baxtli uy bekasi bo‘lib qoldi, uning hayotiga hech narsa rahna sololmasdi. Har holda, u shunday deb o‘ylardi...
Rita erining qiziga haddan tashqari iliq, haddan tashqari kattalarcha munosabatda bo‘layotganining guvohi bo‘lganida hammasi buzildi. Nahotki u shunday deb o‘ylayotgan bo‘lsa? Bunday bo‘lishi mumkin emas! Ammo haqiqiy burilish keyinroq, Margarita uyga qaytib, erining jasadini topganida yuz berdi. Uning tepasida qo‘llari qonga belangan sevimli qizi Tanya turardi. Dunyo quladi. Endi faqat mehribon ona vaziyatni saqlab qolishi mumkin. Hatto o‘z ozodligi evaziga bo‘lsa ham.
Yumshoq muqova
Qog‘oz rangi: eko
Betlar soni 188

