«Vmesto gromkix slov» — Yevgeniya Mixaylovaning detektiv hikoyalar to‘plami. Unga «Chujoy syn», «Margo», «Oshibka Valentiny» va boshqa qiziqarli asarlar kiritilgan.
«Chujoy syn» hikoyasi qahramoni boshqalarning dardiga befarq qaray olmaydigan ayol edi. U odamlarni sabr bilan tinglar, keyin esa ular haqida uzoq o‘ylab, qayg‘urib yurardi, ammo sirlarni hech kimga aytmasdi. Biroq bir kuni uning hayotida u o‘zi ham qabul qila olmaydigan voqea sodir bo‘ladi. Qo‘shnisi — yumshoqtabiat, hatto uyatchan qirq yoshlardagi Grisha o‘z onasini bo‘g‘ib o‘ldirgan edi. Katya yaxshi tanigan Grishaning bunday jinoyatga qodirligiga ishonolmaydi va haqiqatni aniqlashga qaror qiladi.
«Oshibka Valentiny» hikoyasi markazida esa Valya ismli ayol turadi. U yoshligida sportchi bo‘lgan, ammo qattiq mashqlar sabab sog‘lig‘ini yo‘qotib, na mashhurlikka, na boylikka erishgan. Hayotida ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirgan Valya uchun eng og‘ir sinovlardan biri — mehrsiz ulg‘aygan va haqiqiy shafqatsiz insonga aylangan qizi Zoya bo‘ladi.
Xususiyatlari:
• Muallif: Yevgeniya Mixaylova
• Janr: detektiv hikoyalar
• Muqova: yumshoq
• Qog‘oz turi: eko
• Betlar soni: 161
• Tili: rus tili
• Bonus: zakladka
📚 Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatga qo‘shib qo‘ying 😊

