📖 «Найди отличия» seriyasidagi kitoblar bolaning vaqtini quvnoq va foydali o‘tkazishga yordam beradi, uning diqqat-e’tobori hamda xotirasini o‘yin shaklida rivojlantiradi. Bolalar uchun mo‘ljallangan ushbu topshiriqlar fazoviy fikrlashni rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, maktabgacha yoshdagi bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun ajoyib tanlovdir.
🦄 Bola ikkita rasmni o‘zaro taqqoslashi, ular orasidagi farqlarni topishi va rasmlar bir xil bo‘lishi uchun yetishmayotgan qismlarga maxsus stikerlarni yopishtirishi kerak. Yorqin stikerlarni yopishtiring, bo‘sh kataklarga nomlarni yozing va yangi so‘zlarni eslab qoling.
✨ Marina Nikiforova tomonidan chizilgan yorqin illyustratsiyalar va yopishtirish uchun mo‘ljallangan yirik elementlar bolaning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi hamda uning qiziqishini oshiradi. Kitob har bir bola uchun ajoyib va foydali sovg‘a bo‘la oladi.
✍️ Muallif: Бахурова Евгения Петровна
🎨 Illustrator: Никифорова Марина
🏢 Nashriyot: Феникс-Премьер
📌 Seriya: Найди отличия
🧩 Janr: Bolani rivojlantirish, mantiqiy fikrlash, bilimlarni oshiruvchi adabiyot
📄 Sahifalar soni: 12
📐 Muqova turi: Yumshoq muqova
🗒 Qog‘oz turi: Ofset qog'oz
🌐 Nashr tili: Rus tili
🔢 ISBN: 9785222441381
🔞 Yosh cheklovi: 3+
📏 O‘lchami: 255 х 195 х 2 mm
⚖️ Vazni: 63 g

