Everlast boks shlemi o‘smir sportchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mashg‘ulot va sparring vaqtida boshni ishonchli himoya qiladi. Sifatli sun’iy charm (PU) materialdan tayyorlangan, ichki qismi yumshoq va qulay. Yonoq, peshona va quloq qismlari mustahkam himoya bilan ta’minlangan. Boshga yaxshi o‘tiradi, harakat vaqtida sirpanmaydi.



