• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2026 yil.
• Tuzuvchi: Shohjahon Akbarov
• Sahifalar soni: 224
• Muqova: yumshoq
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Qo‘lingizdagi ushbu kitob, boshqa shunga o‘xshash manbalardan quyidagi asosiy jihatlari bilan tubdan farq qiladi:
• Mavzular aniq, sodda va tushunarli, jadval, infografika, qolip, formula shaklda, o‘zgacha bir uslubda muallifning
haqiqiy izlanishlari natijasida yaratilgan.
• Kitobga yangi va eski darsliklar, davlat dasturi va Bilimlarni baholash agentligining testologik talablari asos qilib olingan;
• Mavzular rang – barang shaklda 40 qismga ajratib chiqilgan, bu esa qisqa vaqtda ham yuqori natijani ko‘zlovchi talabgorlar talabiga ham to‘liq mos kela olgan;
• Ilmiy matnlarni yechish usuli, argumentli va muammo – yechim essesi haqida ham muxtasar ma’lumot va izohlar berilgan.
• Qisqacha tutuq belgili so‘zlar, chuqur til orqa va bo‘g‘iz undoshi bilan bog‘liq lug‘at, paronim va shakldosh so‘zlar lug‘atlari ham dastur talabiga binoan tartiblab chiqilgan;
• Talabgor qiyin deb bilgan ayrim qoidalarga muallifning izohi va qaydlari berib borilgan, hattoki shakldosh qo‘shimchalar mavzusi ham muallif e’tiboridan chetda qolmagan.
Mazkur qo‘llanma milliy sertifikat olish istagida bo‘lgan pedagoglar, talabalar, abituriyentlar, kirish imtihonlari uchun tayyorlanayotgan barcha abituriyentlar, attestatsiya sinovlari uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan pedagoglar uchun mo‘ljallangan.

