Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, Eva ismli qizaloq bor ekan. U ham boshqa koʻplab bolalar kabi it boqishni orzu qilardi. Qizchaning dadasi avvaliga unga oʻyinchoq sovgʻa qilishga qaror qildi: u ham boʻlsa it emas, oʻrdak edi! Ammo bola boʻlganingda, oʻrdak ham ajoyib kuchukchaga, haqiqiy va vafodor doʻstga aylanishi tamomila mumkin. Eng muhimi — bunga chin dildan ishonish!
Bu voqea bolalar tomonidan juda yengil qabul qilinadi. U berilgan vaʼdalarni bajarish, sabr-toqatli va ahil boʻlish, ojizlarni ҳimoya qilish, uy hayvonlariga gʻamxoʻrlik qilish hamda doʻstlarga xiyonat qilmaslik kerakligini tushuntiradi.
Yorqin va hayotiy rasmlar bolaga tushunarli. Bosh qahramon Eva ham kitobxonlar bilan tengqur, uning kun tartibi va oʻyinchoqlari kichintoylarga tanish hamda yaqin, shu sababli ham unga boʻlgan qiziqish yuqori. Matn shakli — sheʼr boʻlib, u osongina yodda qoladi va tez oʻrganiladi; bola rasmlarni tomosha qilib, matnni xotiradan mustaqil takrorlay oladi. Kitobning kichik formati esa mitti qoʻllar ushlashi uchun juda qulay.

