Ayting-chi, qaysi birimiz sevmaganmiz?.. Axir, har birimizning yuragimizdagi sevgi jarohati bitib ketmadimi?..
Bu pardalar ba’zan yorilib, undan ISHQ qoni oqmaydimi?..
Eslaganingizda yuzingizda achchiq tabassum uyg‘otadigan unutilmas, ardoqli xotiralaringiz ham bor, to‘g‘rimi?..
Farzand-u nabiralarimiz bo‘lsa ham, chap biqinimizda jarohat qoldirgan odamni qayerdadir uchratib, ko‘zlarimiz to‘qnashsa, nima qilamiz?..
"Qara, oradan qancha yillar o‘tdi, lekin men hamon sening so‘nggi nigohingni yuragimda olib yuribman!" deymizmi?.. Ayting-chi, qaysi birimiz sevmaganmiz?.. Muhabbat o‘tmishda qolib, o‘tmishda tugaydigan tuyg‘u emas...
Istalgan vaqtda, istalgan lahzada, hatto hozir ham sevish mumkin...
Do‘stim, buni doimo yodingda tut: muhabbat yoshni, vaqtni, yil fasllarini tanlamaydi...

