Hech qachon muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqma. Aslida, kelasi yili ham o‘sha joyda qolib ketishingdan qo‘rqish kerak! Kechagi kunni unut, u o‘tib ketdi. Sening bugungi kuning bor, uni qadrla va hech qachon ishlarni ertaga qoldirma!
Ha, hech qachon bugungi ishni ertaga qo‘yma. Axir ertangi kun ham keladi, lekin sen uni ko‘rmasliging mumkin-ku!
Xayolda qolgan sarobdan ko‘ra, boshdan kechirganing yaxshiroq ekanini unutma! Vaqt keldi. Bugun aynan o‘sha kun!
Ayolmisan, erkakmisan, bolamisan, menga farqi yo‘q. O‘rningdan tur va harakat qil!
Ishni keyinga surishni bas qil, dadil bo‘l. Axir umr kechiktiradigan darajada uzun emas-ku, do‘stim. Shunday ekan, fursat yetdi — bugungi kunga egalik qil!

