O‘ttiz yoshga kelib, Elizabet Gilbert zamonaviy, bilimli va intiluvchan ayol orzu qilishi mumkin bo‘lgan barcha narsaga — turmush o‘rtoq, qishloqdagi uy va muvaffaqiyatli karyeraga — ega edi, biroq... Ajrim, depressiya va yana bir muvaffaqiyatsiz munosabatni boshdan kechirgach, u o‘zi haqidagi avvalgi barcha tasavvurlari noto‘g‘ri bo‘lganini anglab yetadi.
O‘zligini qayta anglash uchun Elizabet keskin qarorga keladi: u bor-budini sotadi, sevgan barcha narsasini ortda qoldiradi va dunyo bo‘ylab sayohatga otlanadi.
Butun bir yil davomida.
Mutlaqo yolg‘iz.

