Mazkur qo‘llanma quruq nazariy qoidalar yig‘indisi emas, balki ona tili va adabiyot fanidan Milliy sertifikat (MS) imtihonlarining real talablari va ekspertlik xulosalari asosida tayyorlangan amaliy yo‘riqnomadir. Kitob murakkab akademik qoliplardan xoli, har bir o‘quvchi va ustoz tushuna oladigan sodda hamda ta’sirchan tilda yozilgan. Qo‘llanmaning eng o‘ziga xos jihati shundaki, unda esselarni baholash mezonlari batafsil tushuntirilgan bo‘lib, o‘quvchi yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolar ustida mustaqil ishlash, fikrni o’rinsiz takrorlardan tozalash va mantiqiy bayon etish algoritmlari aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, berilgan tavsiyalar mualliflarning ko’p yillik dars o’tish va yuzlab esselarni tahlil qilish jarayonida to‘plagan boy tajribasiga tayanadi. Kitob nafaqat sertifikat olish maqsadida imtihonga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘quvchilar, balki ularning natijasi uchun mas’ul bo‘lgan o‘qituvchi-pedagoglar hamda o’z fikrini yozma, savodli va ta’sirchan bayon etish mahoratini egallashni istagan barchaga mo‘ljallangan.

