Mashhur texnologik jurnalist Eshli Vens "Ilon Mask: Tesla, SpaceX va kelajak sari yo‘l" kitobida Silikon vodiysining eng jasur tadbirkorining hayoti va yutuqlariga ilk bor mustaqil va har tomonlama nazar tashlaydi. Mask, uning oila a’zolari va do‘stlari bilan eksklyuziv intervyularga asoslangan kitob uning Janubiy Afrikadagi bolaligidan tortib, global biznes cho‘qqisidagi hozirgi holatigacha bo‘lgan qiziqarli hayot tarixini o‘z ichiga oladi.
Kitobning uchinchi nashriga Ilon Maskning tarjimai holiga oid yangi faktlar kiritilgan.
Kitob yetakchilik tabiatiga qiziqadigan, yangi texnologiyalar rivojlanishini kuzatib boradigan, shuningdek, sifatli biografik adabiyot ixlosmandlari uchun qiziqarli bo‘ladi.

