«Ertakchi sichqon» — Muhabbat Yo‘ldoshevaning bolalar uchun yozilgan ertaklar to‘plami. Undagi hikoyalar bolalarni tabiat va hayvonot olami bilan tanishtirib, insonlar hamda turli jonzotlar o‘rtasida ahillik, do‘stlik va o‘zaro uyg‘unlik muhim ekanini anglatadi. Kitob qiziqarli voqealar orqali bolalarning bilimini boyitish va tabiatga mehr bilan munosabatda bo‘lishiga yordam beradi.

