Muhabbat qanday so‘nadi – kun sayin, nigoh sayin, so‘z sayin? Uni saqlab qolish uchun har ikki tomon bor kuchini sarflasa-da, sevgi qanday o‘lishi mumkin? Yosh yozuvchi Devid va uning rafiqasi Ketrin o‘z muhabbatlarini abadiy deb ishonishgan edi – biroq boshqa bir ayol ular uchun azob quroli va nizo olmasiga aylandi. Aynan o‘sha ayol sababli er-xotin o‘rtasida kurash boshlandi – avvaliga hazil bilan, keyin esa jiddiy tarzda...

